Simob sabab telbalikning kelib chiqishi

Simob sabab telbalikning kelib chiqishi

26 oktabr 2021 / 14:57 1491
Nega “Alisa moʼʼjizalar mamlakatida” kitobidagi Tentak Shlyapnik oʼzini telbanamo tutar edi?
Bunga izoh bor, albatta! Gap shundaki, Lyuis Kerroll davrida shlyapalar uchun kigiz va namat ishlab chiqarishda simob keng qoʼllanilgan. Bosh kiyimlarga shakllar berish jarayonida hunarmandlar sogʼliq uchun zararli taʼsir koʼrsatadigan kuchli zaharlanish olganlar. 

Singan termometrdan toʼkilgan simob markaziy asab tizimiga jiddiy taʼsir koʼrsatishi mumkinmi? Oʼrtacha kattalikdagi xona uchun simob bugʼining ruxsat etilgan maksimal kontsentratsiyasi 0,02 mg ni tashkil qiladi. Singan termometr ichida esa 2 gramm simob mavjud. Termometr singan xonada simob bir zumda bugʼlanib ketsa, uning bugʼining maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyasi 100 000 martadan oshadi.

Аgar siz simobli termometrni sindirib qoʼygan boʼlsangiz qanday chora koʼrish kerak?
Simob sharchalarini maxsus rezinali noksimon shprits yordamida yigʼib olish kerak! Birinchidan, xonani yaxshilab shamollating. Ikkinchidan, simob zarrachalari oʼrnashib qolishi mumkin boʼlgan barcha mahsulotlarni chiqarib tashlang. Yigʼib boʼlmaydigan qoldiqlaridan chiqadigan xavfni esa nam tozalash orqali bartaraf etiladi. Oy davomida xonani tez-tez nam tozalash va shamollatib turishni unutmang. Shuni esda tutish kerakki, suyuq metall-simobning oʼzi emas, balki uning bugʼlari xavflidir. Shuni ham taʼkidlash kerakki, baʼzi energiya tejovchi lampalar tarkibida simob ham mavjud va ularning havodagi bugʼlarining maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyasi 200 barobardan oshadi.

Esda tuting❗️ Tez-tez charchash, asabiylashish, xotiraning yoʼqolishi, bosh ogʼrigʼi va qoʼl titrashi surunkali simobdan zaharlanishning asosiy belgilaridan biridir.