Sunʼiy idrok yutuqlari

14 oktabr 2021 / 15:11 418
Zamonaviy sunʼiy idrok nima qila oladi?
Sunʼiy idrok (AI) - inson oʼzi qila oladigan vazifalarni mashina yoki dastur orqali bajarish qobiliyatidir. Uning asosiy vazifasi - inson imkoniyatlari chegarasini kengaytirish va foyda keltirish.

Sunʼiy idrok koʼp sohalarda qoʼllanilishi sababli, biz har kuni uning bajarayotgan ishlariga duch kelamiz:
* Veb-saytlarda chatbotlar orqali tovar va xizmatlarni sotishda keng qoʼllaniladi;
* Koʼp odamlar "Apple"dan Siri, “OK Google”, "Yandex"dan Аlisa kabi ovozli yordamchilardan foydalanishni yoqtirishadi. Buni toʼliq muloqot deb atash qiyin boʼlsa -da, lekin bu tizimlar jadal takomillashib bormoqda.

 Sunʼiy idrok inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda, masalan:
✔️ Tibbiyot va sogʼliqni saqlash. Bemorlar haqidagi maʼlumotlarni toʼplash va qayta ishlash, ularning salomatligini muntazam nazorat qilish, tashxis qoʼyish maqsadida. Bunga misol qilib, ultratovushli tekshiruv, rentgen, tomograf va boshqa tibbiy uskunalaridan olingan tasvirlarni keltirish mumkin. 

✔️ Onlayn doʼkonlarda chakana savdo. Bugungi kunda "Yandex" internet qidiruv algoritmlarini neyron tarmoqlari asosida oʼzgartirishga harakat qilmoqda. Qidiruv natijasi soʼrov bilan bir xil soʼzga ega boʼlmasligi mumkin, lekin maʼno jihatidan unga mos tushadi.

✔️Ishlab chiqarish sanoati. Sunʼiy intellekt samaradorlikni oshirib, xom-ashyo xarajatlari va sarfini kamaytiradi.

✔️ Taʼlim sohasi, kompyuter va gadjet oʼyinlari. Oʼyin yaratuvchilari tomonidan aqlli mashinalar va robototexnika faol qoʼllanilmoqda va koʼpchilik davlatlarning taʼlim-tarbiya jarayonlariga joriy etilmoqda.

Davomi...
https://www.youtube.com/watch?v=3I93dQqkISc&t=26s