Radiatsiya haqidagi bir nechta faktlar!

07 oktabr 2021 / 16:02 464
✅ Quyosh nafaqat yorugʼlik va issiqlik beradi, shuningdek, radiatsiya ham chiqaradi.

✅ Yer atmosferasi - koinotdan keladigan radiatsiyadan bizni saqlaydigan tabiiy ekran.

✅ Havo yoʼllari orqali harakatlanganda kosmik nurlanish evaziga radiatsiya darajasi oʼn barobarga oshadi. 

✅ Kosmik radiatsiya quvvati ekvatorda eng kam, qutblarda esa eng koʼp taqsimlangan. Bu Yerning magnit maydonining taʼsiri bilan bogʼliq, chunki zaryadlangan kosmik zarrachalar qutblarga ogʼadi. Shuningdek, balandlik oshgan sayin kosmik nurlanish ham ortib boradi: 10 km balandlikda kosmik radiatsiya darajasi qariyb 20-25 marotabagacha oshadi.
 
✅ Kosmonavtlar kosmik radiatsiya hisobiga nurlanishadi. Bu tasodif emas, chunki Yerdagi oʼrtacha kosmik nurlanish dozasining quvvati orbitadagiga nisbatan 200 baravardan ortiq. Bizning sayyoramizda shunday hududlar borki, u yerdagi tabiiy muhit tufayli insonlar hattoki kosmonavtlardan ham koʼproq nurlanish olishadi. Аmmo bunday holat mintaqa aholisining hayotiga havf tugʼdirmaydi.