Radiatsiya nima?

07 oktabr 2021 / 16:01 367
Radiatsiya – bu yuqori energiyaga ega va jismlarni ionlantiruvchi, yaʼni neytral atom va molekulalarni ionlarga aylantira olish qobiliyatiga ega har qanday mikrozarralar oqimi. Shuning uchun radiatsiya ionlashtiruvchi nurlanish deb ham ataladi.

⚛️ Radiatsiya atomlardan elektronlarni ajratadi va zaryadlangan ionlar hosil qiladi (ionlar musbat va manfiy zaryadlangan boʼlishi mumkin).

✅ Mikrozarralarga proton, neytron, elektron, geliy yadrolari (alfa nurlanish) va ogʼir elementlar yadrolari kiradi. Radiatsiya jarayonida massaga ega boʼlmagan-gamma kvantlar yoki fotonlar, shuningdek, “zich boʼlmagan” - toʼlqin zarralar ishtirok etadi.