Zimbabve ekologiyasini yaxshilashda yadro texnologiyalarining ahamiyati

31 avgust 2021 / 11:50 490
Koʼpincha Zimbabve aholisi qishloq xoʼjaligi yerlarining eroziyasi, oʼrmon maydonining qisqarishi va qurgʼoqchilik muammolariga duch keladi. XАEА ilm-fan va yadro texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda ushbu muammolarni bartaraf etish taklifini kiritdi.

Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan usullar Zimbabve qishloqlarining iqlim oʼzgarishiga moslashishiga yordam beradi. Hosilni oshirishda esa tomchilab sugʼorishdan foydalanishadi. Natijada qishloq xoʼjaligi ekinlari avvalgidan koʼra ikki barobar kam suv talab etadi va hosil ortadi.

Zimbabvedagi hosildorlikni oshirishning yana bir usuli oʼsimliklarning navini yaxshilashdir. Usuldan koʼzlangan maqsad: oʼsimlikning ijobiy belgisini tezda aniqlash va uning bu hususiyatini boshqa navlarga kiritish.

Demak, izotop gidrologiya usuli ham bu mamlakatda hozirgacha keng qoʼllanilayotgan boʼlib, ushbu usul radioaktiv izotoplarni tadqiq qilish yoʼli bilan suv zahiralarining miqdori, sifati va qayta tiklanish xossalarini aniqlaydi (izotoplar — kimyoviy xossalari bir xil, proton va neytronlarning miqdori turlicha boʼlgan elementlardir). U, ayniqsa, iqlim oʼzgarishida suv resurslarini boshqarish uchun muhimdir.
  
Shunday qilib, ilm-fan va yadro texnologiyalari yordamida atrof-muhit muammolarini hal qilishda yordam beradigan vositalar ishlab chiqariladi.

Batafsil maʼlumotlarni ushbu mavzuda XАEА tayyorlagan videoda tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=4PAn_f4A86U