Robotlashtirilgan qoʼllar va issiq konteyner kameralar

31 may 2021 / 18:00 566

Robotlashtirilgan qoʼllar va issiq konteyner kameralar - radiofarmatsevtik dori-vositalarini aralashtirish jarayonida mutaxassis havfsizligini taʼminlashda yordam beradi. Bu kabi zamonaviy texnologiyalardan maxsus dorilarni ishlab chiqarishda keng foydalanishadi. 

      

Oʼsimta va unga oʼxshash kasalliklarni davolash va diagnostika qilishda, shifokorlar radiofarm dori-vositalardan va maxsus tibbiyot qurilmalarida paydo boʼlgan suratlardan foydalanishadi. 

           

Bu kabi ishlab chiqarish markazlari, tibbiyot markazlaridan uzoqda joylashmagan boʼlishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki diagnostika va davolashda zarur boʼlgan radiofarm dori-vositalarning yashash davri sanoqli daqiqalardan iborat (maʼlum muddatdan soʼng boshqa elemenga aylanadi).