Zarrachalar tezlatgichi

Zarrachalar tezlatgichi

04 may 2021 / 16:08 779
Zarrachalar tezlatgichi nima?
Zaryadlangan zarrachalar oqimini paydo qilishga va bu zarrachalarning harakat energiyasini oshirishga moʼljallangan qurilma hisoblanadi. 

Tezlatgich qurilma 3 ta asosiy elementdan tashkil topgan:
1) zarrachalar manbai 2) zarrachalar energiyasini oshirish bilan birga uning traektoriyasini hosil qiluvchi qurilma 3) zarrachalarni nishonga sochuvchi qurilma

Zarrachalar tezlatgichi qanday ishlaydi? 
Elektr maydoni yoki ionlashtirish natijasida oddiy jismlardan elektron va protonlar hosil qilinadi, keyin ularni maʼlum bir energiyagacha tezlashtiriladi. Zarrachalar elektr maydonda "tortiladi" va uning taʼsiri natijasida tezlashtirilgandan, soʼng uncha katta boʼlmagan sinxrotronga yaʼni zarrachalarni toʼplovchi qurilmaga tushadi. Bu "toʼplovchi"da zarrachalar yetarli darajada koʼp boʼlgandan soʼng, zarrachalar asosiy tezlatgichga sochiladi. 

Tezlatgichlarning yaratilish tarixi, hozirda ular qayerda va qanday sohalarda qoʼllaniladi? Shu kabi savollarning barchasiga quyidagi videolavhada javob topasiz.
Video https://www.youtube.com/watch?v=WfRyoV8Et1s