Yadro yonilg'isi

23 aprel 2021 / 19:46 530

Yadro yonilgʼisi - bu boʼlinuvchi nuklidlarni oʼzida mujassam etgan va yadro reaktorlarida boshqariladigan zanjir reaksiyasini hosil qiladigan modda. Hozirgi kunda, aksariyat reaktorlar issiq neytronlar yordamida ishlaydi. Barchaga maʼlumki, tabiiy uranning atigi 0,7% ini sekin neytronlar bilan boʼlinuvchi U - 235 izotopi tashkil etadi va natijada issiqlik ajratadi. Shuning uchun, uran boyitiladi, bosiladi (presslanadi), tabletkaga aylantirish uchun pishiriladi, qoʼshimcha komponentlar qoʼshiladi va issiqlik ajratuvchi element hosil boʼlganidan soʼng, issiqlik ajratuvchi toʼplam yigʼiladi. 

Quyida keltirilgan rasm yordamida batafsil maʼlumotga ega boʼlishingiz mumkin.