Oʼrtacha yillik nurlanish dozasi

16 aprel 2021 / 11:01 646
Kelinglar, har yili insonlar qancha miqdorda nurlanishlarini koʼrib chiqamiz. Maʼlum boʼlishicha, tabiiy manbalar sunʼiylariga nisbatan yuqoriroq nurlanish dozasiga ega. Oʼrtacha yillik nurlanish dozasining katta hissasiga radon gazi toʼgʼri kelmoqda. 

Oddiy sharoitda uning kontsentratsiyasi xavfsiz darajaga tez tushadi, shu sababli ochiq havoda ogʼir nurlanish dozasini olishning imkoni yoʼq (maʼlumotlar millizivert, mZv da berilgan). Lekin har qanday gaz singari, radon ham yomon shamollatiladigan joylar: konlar, gʼorlar, suv tozalash inshootlari, yertoʼlalar va havo aylanish tizimi tartibga solinmagan turar-joy binolarida toʼplanishi mumkin. Bunday hollarda u haqiqatdan ham xavf tugʼdirishi mumkin.

@Uzatom_info @Clearenergy