Tabiiy yadro reaktori

08 aprel 2021 / 16:55 1003
1972 yili Аfrikada joylashgan (Oklo, Gabon) uran koni rudalarining tarkibi oʼrganilganda tadqiqotchilar gʼaroyib hodisaga duch kelishdi. Uranning tabiiy izotopi boʼlmish uran-235 ning miqdorining meʼyordan ogʼishi kuzatilgan, yaʼni U-235 ning kontsentratsiyasi standart holatdan 0,31% ga kam boʼlgan. Ushbu tadqiqot natijalarini turli xil yoʼllar bilan asoslashga urinishdi: tabiiy moddadan - U-235 oʼgʼirlash ehtimoli, yoki goʼyoki bu topilma oʼzga sayyoraliklardan qolgan meros degan qarashlar ham boʼldi.
                                     

Biroq koʼpgina bahs-munozaralardan soʼng, olimlar aniq bir xulosaga kelishdi: U-235 kontsentratsiyasining pasayishi faqatgina yadroviy reaktsiyalar natijasida amalga oshadi. Oklo koni 2 mlrd yil oldin paydo boʼlgan, bu reaktor yagona boʼlmagan degan ehtimollar ham mavjud.

                                        

Shuningdek, Yerda jonzotlarning yashashi va ularning tarqalishiga radioaktivlikning oʼziga xos taʼsiri boʼlgan, - degan gipotezalar ham mavjud. XX asrning oʼrtalarida yadro reaktorining yaratilishi insonlar uchun olamshumul yangilik boʼldi, ammo maʼlum boʼlishicha bu ixtiro tabiat uchun yangilik emas ekan. Inson ilmiy-texnik fikr va mulohazalarning birlashtirib, noyob qurilma – yadro reaktorini yaratgani, aslida bir necha million yillar avval tabiat yaratgan konstruktsiyani takrorlagan boʼlib chiqdi.

                                         
                                                                          Oklo uran koni maydoni atrofi manzarasi