Tadqiqot reaktori

19 yanvar 2021 / 16:04 229
VVR-SM - atom tadqiqot reaktori 61 yildan buyon ishlab kelmoqda. Reaktor yordamida nafaqat yadro fizikasi, neytron fizikasi, moddaning tuzilishi, qattiq jismlar fizikasi, materialshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, balki butun dunyoga ma'lum bo'lgan noyob mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Yadro tadqiqot instituti yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, onkologik va boshqa kasalliklarni aniqlash va davolash uchun ishlatiladigan radioaktiv izotoplarni ishlab chiqaradi. Ta'kidlash joizki, Yadro tadqiqot instituti bu kabi radioaktiv izotoplarni ishlab chiqarish bo'yicha TOP-20 ga kiruvchi doimiy a'zolardan biri hisoblanadi.