Atom energetikasi va yadro texnologiyalari boshqarmasi

28 dekabr 2020 / 00:00 1208

Boshqarmaning asosiy maqsadi – xavfsiz, ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarador va ekologik toza elektr quvvati manbai hisoblangan atom energetikasini hamda milliy yadro infratuzilmasini istiqbolli rivojlanishini ta’minlash.

          Boshqarmaning asosiy vazifalari:
O’zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlanishini strategik jihatdan rejalashtirsh;

Ozbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida hamda Atom Energiyasi Xalqaro Agentligi (AEXA) me’yoriy hujjatlariga muvofiq quyi tashkilot bo’lmish “Atom elektr stansiyasini qurilishi Direksiyasi” ning faoliyatini nazorat qilish va rahbarlikni amalga oshirish;
      birinchi quriladigan va kelajakdagi atom elektr stantsiyalarining “Yadroviy negizi” uchun referent texnologiyalar, qurilmalar va tizimli jihozlarni talab darajasidagi tanlovini taʼminlash;

atom elektr stantsiyasining energobloklarini barpo etish jarayonida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik meʼyorlari va qoidalariga amal qilinishini taʼminlash;

amaldagi yadro-energetik dasturning barcha bosqichlarida milliy yadro infratizimini “AEXA” meʼyorlariga muvofiq holda talab darajasida rivojlanishini ta’minlash.
Boshqarma funksiyalari

Boshqarma unga yuklatilgan vazifalarga mutanosib holda mustaqil ravishda va (yoki) maslahatchi (ekspert)larni jalb qilgan holda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Oʼzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirishni strategik rejalashtirish va tashkiliy jihatdan kuzatish:

atom energetikasini rivojlantirish sohasida davlat va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, ularning ijrosi ustidan monitoring olib borish va mavjud xavflarni baholashni amalga oshiradi;

atom energetikasi obyektlariga yoʼnaltirilgan investitsiyalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashni tashkil etadi;

radioaktiv chiqindilar va ishlatib boʼlingan yadroviy yoqilgʼi bilan muomala qilish (koʼmib tashlashgacha) variantlarini koʼrib chiqilishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu yoʼnalishda hamda atom elektr stantsiyasini foydalanishdan chiqarish boʼyicha uzoq muddatli kompleks dasturlarni ishlab chiqadi.
     Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi va “AEXA” meʼyorlariga muvofiq idoraviy boʼysinuvda boʼlgan quyi tashkilot hisoblanuvchi “Аtom elektr stantsiyasini qurilishi Direksiyasi”ning faoliyati ustidan uning masʼuliyatiga tegishli masalalar boʼyicha rahbarlikni amalga oshirish borasida:

atom elektr stantsiyasi faoliyatining barcha bosqichlarida undan xavfsiz foydalanish choralarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

atrof-muhit muhofazasi masalalarini muvofiqlashtiradi;

xodimlar malakasining mutanosibligini nazorat qiladi;

radioaktiv chiqindilar va ishlatib boʼlingan yadroviy yoqilgʼi bilan muomala qilishda xavfsizlikni taʼminlash masalalarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
       Birinchi quriladigan va kelajakdagi atom elektr stantsiyalarining “Yadroviy negizi” uchun referent texnologiyalar, qurilmalar va tizimli jihozlarni talab darajasidagi tanlovini taʼminlash borasida:

atom elektr stantsiyalarining “Yadroviy negizi” uchun referent texnologiyalar, qurilmalar va tizimli jihozlarning tanlovi boʼyicha asoslangan xulosa va takliflarni tayyorlaydi;

atom elektr stantsiyasining qurilmalari va tizimli jihozlarining texnik mahsus referent tanlovga mutanosibligini tekshiradi, bosh pudratchining ularni yangisiga yoki oʼxshashiga (analogiga) almashtirish boʼyicha taklif va asoslarini kelishib beradi;

atom elektrostantsiyasi “yadroviy negizi”ning qurilmalari va tizimli jihozlari uchun ishlab chiqilgan mahsus va texnik topshiriqlarni kelishib beradi, ushbu qurilma va tizimli jihozlarni korxona ichidagi sinovlarda, ishga tushirishdan avvalgi nazoratda va ishga qabul qilib olishda ishtirok etadi;

atom elektrostantsiyasi “Yadroviy negizi”ning qurilmalari va tizimli jihozlarini ishlab chiqaruvchini kelishib beradi;

referent qurilmalarning yangi modifikatsiyalarini qoʼllash boʼyicha qarorlar va asoslarni ishlab chiqadi.
Аtom elektr stantsiyasining energobloklarini barpo etish jarayonida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik meʼyorlari va qoidalariga amal qilinishini taʼminlash borasida:

yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik masalalari boʼyicha atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ bilan xamkorlik qiladi;

atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni asoslash boʼyicha hujjatlarga texnik talablarni oʼrnatilishini taʼminlaydi;

idoraviy boʼysinuvda boʼlgan quyi tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan atrof-muhitga radiatsiyaviy taʼsirning tahlilini dolzarb boʼlishini nazorat qilib boradi;

yetkazib beruvchilarga qaratilgan talablar va texnik topshiriqlarga kiritiladigan xavfsizlikni taʼminlash talablarini shakllantiradi;

avariyaga tayyorlik boʼyicha hujjatlarning ishlab chiqilishi va tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

radioaktiv chiqindilar va ishlatib boʼlingan yadroviy yoqilgʼi bilan muomala qilish boʼyicha hujjatlarning ishlab chiqilishi va tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
idoraviy boʼysinuvdagi tashkilotlarda dozimetrik nazoratni tashkil etilishini nazorat qiladi;

idoraviy boʼysinuvdagi tashkilotlarda radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar ustidan hisob-kitobning yuritilishini nazorat qiladi.

Аmaldagi yadro-energetik dasturning barcha bosqichlarida milliy yadro infratizimini “AEXA” meʼyorlariga muvofiq holda talab darajasida rivojlanishini taʼminlash borasida:

milliy yadro infratizimining tarkibiy qismlarini rivojlantirish boʼyicha takliflarni rejalashtiradi, ishlab chiqadi va rahbariyatga taqdim etadi;

Oʼzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari bilan ularning atom energetikasi sohasidagi vakolatlarini rivojlantirish boʼyicha hamkorlik qiladi;

yadro infratizimini rivojlanish jarayonini maqsad qilingan darajada boʼlishiga ayni vaqtdagi mavjud toʼsiqlarni bartaraf etish rejalarini ishlab chiqadi, kelishadi va bajarilishini nazorat qiladi

yadro infratizimini rivojlantirish sohasidagi xizmatlar va ijrochilarga nisbatan talablarni shakllantiradi.