O`zbekiston Respublikasi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining bosh direktori

Mirzamahmudov Jo`rabek Tursunpo`latovich
Ma`lumoti
oliy
Xanstvil shahridagi (AQSh) Alabam Universitetini kimyo yo`nalishi bo`yicha, magistratura bosqichini esa Toshkent shahar kimyo-texnologiyalar institutining "Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyo texnologiyalari" yo`nalishi bo`yicha tamomlagan
MEHNAT FAOLIYATI
1997-1999 yy. - Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi
1999-2001 yy. - «Umid» fondi yo`llanmasi bo`yicha AQSh Alabama shtati universiteti talabasi
2002-2003 yy. - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi
2003-2006 yy. - «O`zlitineftegaz» OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi bo`limida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash bo`limi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli proektlash bo`limi 1-toifali muhandis, yetakchi muhandis
2006-2012 yy. - “O`zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig`i o`rinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari- "Neftegazinvest" ShK direktori.
2012-2014 yy. - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo`yicha vazir o`rinbosari
2014-2017 yy - “O`zkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisining o`rinbosari. istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar bo`yicha boshqaruv raisining o`rinbosari
2017-2018 yy. – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya. Yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo. neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri
2018-2019 yy. - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori
2019 y. - 2020 y - O`zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o`rinbosari- "O`zatom" agentligi bosh direktori
06.11.2020 y.-h.v- "O`zatom" agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchisi30.01.2020 y. h.v. – “O`zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
"O`zatom" agentligining bosh direktori zimmasiga yuklatilgan vazifalar
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
- "O`zatom" agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining aktlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan "O`zatom" agentligiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarilishini tashkil etish;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining topshiriqlarini o`z vaqtida bajarish;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari topshiriqlarinin o`z vaqtida bajarish;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda farmoyishlarini ijrosinini tashkillashtirish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish, "O`zatom" agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha kompleks amaliy tadbirlarni amalga oshirish;
- kadrlar tanlash va "O`zatom" agentligida ish bilan ta`minlash, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, "O`zatom" agentligining kadrlar zahirasini shakllantirish;
- "O`zatom" agentligi faoliyatida ishni tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etilishini ta`minlash;
- O`zbekiston Respublikasi "Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida"gi qonun talablariga muvofiq "O`zatom" agentligi tiizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirish, shuningdek tizimda korruptsiyaga yo`l qo`yish uchun qulay bo`lgan sharoitlarni aniqlash va sabablarini tahlil qilish, bunga sharoit yaratuvchi barcha sabablarni yo`q qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
- "O`zatom" agentligi xodimlari uchun majburiy bo`lgan buyruqlarni qabul qilish va ko`rsatmalar berish;
- O`zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida", "Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishtartibi to`g`risida" gi qonunlariga muvofiq "O`zatom" agentligining qonunchilik faoliyatini tashkil etish.