Qirg‘iziston Energetika vaziri va Qozog‘iston vazir o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Atom texnologiyalari axborot markaziga tashrif buyurishdi

16 mart 2023 / 15:03 185


15 mart kuni  O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklarining navbatdagi uch tomonlama uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Jandos Nurmaganbetovlar «O‘zatom» agentligiga  tashrif buyurishdi. 



Tashrif davomida rahbarlar «O‘zatom» agentligi va Atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM) faoliyati bilan tanishishdi hamda ularga markaz bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, agentlik mutaxassislari mehmonlarga aholiga radiatsiyaviy xavfsizlik va atom energetikasi haqida to‘g‘ri tushuncha berish, maktab o‘quvchilari hamda talabalar o‘rtasida yadro fani va texnologiyalarini ommalashtirish, bundan tashqari, atom sohasida malakali kadrlar tayyorlash haqida atroflicha so‘zlab berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston RespublikalariEnergetika vazirliklarining  navbatdagi uch tomonlama uchrashuvida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi, elektr energetika va suv resurslari masalalari muhokama etildi.

 «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati