O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) Bosh konferensiyasining navbatdagi 66-sessiyasi doirasida AEXA bosh direktori Rafael Mariano Grossi bilan uchrashdi

29 sentabr 2022 / 14:09 190
Uchrashuv chog‘ida R.Grossi amalga oshirilayotgan ishlar va ikki tomonlama hamkorlikning faol o‘sib borayotganini alohida ta’kidladi, shuningdek har bir sohada O‘zbekiston va AEXA o‘rtasida hamkorlikdagi amalga oshirayotgan ishlaridagi ko‘rsatkichlar boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘la olishini yuqori baholadi. 
Bundan tashqari, R.Grossi O‘zbekistoning saraton kasalligini davolash dasturini rivojlantirishdagi muvafaqqiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Va u saraton bilan kurashish bo‘yicha AEXAning “Umid uchqunlari” nomli yangi tashabbusi ish boshlaganini hamda AEXAga a’zo mamlakatlar fuqarolari uchun yadro tibbiyoti yordamida saraton kasalligini tekshirib, davolashda xalqaro moliya institutlarini jalb qilishga har tomonlama yordam beruvchi birinchi pilot dasturini O‘zbekiston bilan amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. 
R.Grossi kelayotgan yilda eng avvalo tibbiyotda yadro texnologiyalarini ishlatishda amalga oshirilayotgan reformalar bilan tanishish uchun O‘zbekistonga kelish istagini bildirdi.

____
▪️Instagram
▪️Facebook
▪️YouTube
▪️ Telegram
▪️ Web site