O`zbekiston delegasiyasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh konferensiyasida ishtirok etmoqda

27 sentabr 2022 / 14:25 215
26 sentabr dushanba kuni, Venada  XAEA yillik Bosh konferensiyasining 66- sessiyasi ish boshladi. 
Ushbu tadbirda 175 ta XAEA ishtirokchi-davlatlari qatorida O'zbekiston Respublikasi ham ishtirok etmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi delegasiyasi "O'zatom" agentligi, fanlar akademiyasi va Sanoat havfsizligi davlat qo'mitasidan tarkib topgan.
Aytish kerakki, bosh konferensiya agentlikning asosiy rahbarlik organi hisoblanadi. Konferensiya yakunida esa XAEA faoliyatining eng asosiy masalalari borasida tegishli qarorlar qabul qilinadi. Bosh konferensiya doirasida umumiy muzokaralar o'tkaziladi va unda delegasiya rahbarlari o'zlarining dasturiy chiqishlari bilan ishtirok etadilar. 
Bosh konferensiya bilan bir qatorda XAEA doimiy ravishda yadro texnologiyalari va fanga bog'liq bo'lgan ilmiy forumlar o'tkazadi.
Bularning barchasi- Vena xalqaro markazida (VXM)bosh konferensiya bilan bir vaqtda o'tadi. 
XAEA bosh konferensiyasining 66-sessiyasida O'zbekiston delegasiyasi XAEA rahbarlari, boshqa mamlakatlar vakillari va atom energiyasidan tinchlik yo'lida foydalanish sohasida hamkorlikni amalga oshirish masalasida ma'sul bo'lgan kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan.

_____
▪️Instagram
▪️Facebook
▪️YouTube
▪️ Telegram
▪️ Web site