“AES qurilish maydonchasining xavfsizligini baholash va O`zbekiston Respublikasida yangi yadroviy qurilmani joylashtirish dasturini ko`rib chiqish” SEED missiyasiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha milliy seminar-amaliyoti o`z ishini boshladi

20 iyul 2022 / 15:16 277

Joriy yilning 20 iyun kuni mamlakatimizda Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi kelishuvga asosan “AES qurilish maydonchasining xavfsizligini baholash va O`zbekiston Respublikasida yangi yadroviy qurilmani joylashtirish dasturini ko`rib chiqish” SEED missiyasiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha milliy seminar-amaliyoti o`z ishini boshladi.

Besh kun davom etadigan milliy seminar-amaliyotida respublikamizda yadro energetika loyihasi va uning saloxiyatini oshirish, yadro texnologiyalar joylashgan maydonlar xavfsizligi, yadroviy texnologiyalarni maydonga joylashtirishning texnik jihatlari va uni baholash, shuningdek jamoaviy amaliyotga tayyorlash bo`yicha ko`rsatmalar va xavfsizlik hisoboti tahlilini ko`rib chiqishga tayyorgarlik kabi qator amaliy va nazariy tadbirlar o`rin egallagan.

Seminar – treningda ushbu yo`nalishda katta tajribaga ega xorijiy ekspertlar tomonidan O`zbekistonda AES qurish uchun maydon tanlash ishlariga jalb qilingan mahalliy mutasaddi vazirlik va idoralarning mas`ul vakillariga yadroviy qurilmalarni joylashtirishda xalqaro norma va qoidalar, ularning o`ziga xos xususiyatlar to`g`risida taqdimotlar hamda amaliy mashg`ulotlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Ma`lumot o`rnida: SEED – xavfsizlik standartlari va yo`riqnomalariga muvofiq yadroviy inshootlarning (AESlar, tadqiqot reaktorlari, mukammal reaktorlar va b.) hayotiy siklining turli bosqichlarida XAEAga a`zo davlatlarga yordam berish uchun mo`ljallangan keng qamrovli ekspertlar xizmatidir.

SEED modullari yadroviy loyiha ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini qamrab oladi: maydon tanlash, maydon xavfsizligini baholash, uskunalar, tizim va komponentlarni loyihalash, ichki va tashqi xavflarni hisobga olgan holda stansiya xavfsizligini ta`minlash.

"O`zatom" agentligi matbuot xizmati