O‘zbekistonda “Energetika tadbirlari bloki” bo‘lib o‘tadi

27 aprel 2022 / 17:22 305
18-20 may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ko‘magida “Energetika tadbirlari bloki” bo‘lib o‘tadi

U quyidagi ko‘rgazmalarni o‘z ichiga oladi:

- “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2022” 24-xalqaro ko‘rgazmasi.
- “Energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2022” xalqaro ko‘rgazmasining 15 yilligi.
- “Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2022” ixtisoslashtirilgan bo‘limi.

Ushbu tadbir neft, gaz va energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislarning uchrashuv joyiga aylanadi, unda eng so‘nggi ishlanmalar taqdim etiladi, olimlarning trend ma’ruzalari va taqdimotlari o‘tkaziladi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha memorandum va bitimlar imzolanadi.

Ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Xalqaro energetika forumi arafasida o‘tkaziladi.

Tadbir o‘tkaziladigan joy – “O‘zekspomarkaz” MKM, №1, 2, 3, 4 pavilonlari.

Batafsil: www.oilgas.uz, www.power-uzbekistan.uz, www.getca.uz.