Kvant texnologiyalari haqida barcha qiziqarli ma`lumotlar "Raqamli dars" bilan birgalikda

07 aprel 2022 / 22:32 305
6 aprel kuni Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, hamda “O`zatom” agentligi bilan hamkorlikda Ulug`bek shaharchasidagi 286 - sonli maktabda “Kvant olami: Kvant kompyuteri qanday tuzilgan” mavzusida dars o`tkazildi.

"Raqamli dars" nazariy qism va mashg`ulotlar blokidan iborat bo`ldi. Ushbu darsda maktab o`quvchilari kvant fizikasi tamoyillari, dunyoning tuzilishi va kvant kompyuterining amalda qo`llanilishi haqida o`n daqiqalik filmni tomosha qilishdi. Darsning ikkinchi qismida esa o`quvchilar dasturlash va algoritmlarni o`rganish bo`yicha interfaol mashqlarni bajardilar. O`quv jarayoni kvant kompyuteriga bag`ishlangan bo`lib, uning xususiyatlari, odatdagi kompyuterlardan farqlari, funksionalligi va u paydo bo`lishi bilan dunyoda sodir bo`ladigan o`zgarishlarni batafsil tushuntirib beradi. 

Shuningdek, bolalar yuqori texnologiyalar haqida ko`p ma`lumotlarni bilib oldilar. Ushbu darsda hatto kasblardan tortib, fizika, texnologiya, kompyuterlarda ham kvantlar mavjud edi! Zero, kvant kompyuterlari nafaqat axborot texnologiyalari, balki bir qator tegishli sohalar – fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, transport va boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishishi ko`zda tutilmoqda. 

Ushbu darsdan olingan suratlarni ko`rish uchun havola orqali o`ting...https://t.me/EnergyofFuture/1499?single