Ilon Mask Yevropadagi ish faoliyati to`xtagan atom elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishga chaqirdi

05 aprel 2022 / 18:08 291
Space X va Tesla asoschisi Ilon Mask Yevropa atom elektr stansiyalarini qayta ishga tushirish kerakligi tarafdori ekanini aytdi.

"Umid qilamanki, endi Yevropa ish faoliyati to`xtagan  atom elektr stansiyalarini qayta ishga tushirishi va mavjudlarining quvvatini oshirishi kerakligi aniq bo`ldi. Chunki bu g`oya milliy va xalqaro xavfsizlik uchun juda muhim", - deb yozadi Mask o`z Twitter sahifasida.

Ilon Maskning aytishicha, radiatsiyaga nisbatan qo`rquv haddan tashqari oshirib yuborilgan.
"Siz nuqtai nazaringizda, eng zararli deb hisoblaydigan joyni tanlang. Men esa u yerga borib, to`g`ridan-to`g`ri jonli efirda mahalliy taomlarni iste`mol qilaman. Ko`p yillar oldin men buni  Yaponiyada , Fukusimadagi avariyadan hech qancha o`tmay sinab ko`rganman. Radiatsiya xavfi ko`pchilik o`ylagandan ancha past", - shunday yozadi Ilon Mask.

Batafsil...
https://rb.ru/news/mask-elektrostancii/