ATAM bo`ylab talabalar uchun o`tkazilgan ekskursiya

22 fevral 2022 / 21:50 318
Sizga Axborot markazimiz bo`ylab bo`lib o`tgan navbatdagi sayohatlar haqida gapirib berishga shoshilmoqdamiz! 

Bu safar markazimiz mehmonlari O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti talabalari bo`lishdi.

ATAMga tashrif davomida talabalarga ma`ruzalar o`qildi, unda har xil turdagi energiya xususiyatlari haqida batafsil gapirib berildi, so`ngra atom energiyasining afzalliklari haqida munozara o`tkazildi. Muhokama doirasida markazimiz mutaxassislari mehmonlarning barcha savollariga javob berishdi. So`ngra mehmonlarga qiziqarli mini-filmlar namoyish etildi va interaktiv o`yinlar orqali o`zlarini sinab ko`rish imkoniyati taqdim etildi.
Bundan tashqari talabalar markazimiz maketlari va eksponatlari bilan tanishdilar, ular yordamida hozirgi vaqtda yadro texnologiyalarining o`rni ular uchun qulay va tushunarli bo`lgan tilda yetkazib berildi.

Ekskursiya markazimiz mehmonlarida katta qiziqish uyg`otdi. Buni fotosuratlarda ko`rishingiz mumkin. Bugun biz ularni sizga taqdim etamiz!

Batafsil...
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti  talabalari:

Toshkent farmatsevtika instituti talabalari: