11-fevral kuni Rossiya Ilm - fan kuni doirasida Atom texnologiyalari axborot markaziga (ATAM) Toshkent shahar 10 - sonli o`rta maktab o`quvchilari tashrif buyurishdi

15 fevral 2022 / 12:29 138
Maktab o`quvchilari atom energetikasi va turli xil energiya manbalari haqidagi foydali ma`lumotlarga ega bo`lishdi. Shuningdek, markazimiz mutaxassislari bolalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Qiziqarli mini-filmlar va interaktiv o`yinlarda bellashish orqali maktab o`quvchilari atom sanoati haqida ko`p narsalarni bilib oldilar.

Ekskursiyaning ikkinchi qismida bolalar markazimiz maketlari va eksponatlari bilan tanishdilar, ular yordamida hozirgi vaqtda yadro texnologiyalarining o`rni maktab o`quvchilari uchun qulay bo`lgan tilda yetkazib berildi.
Ekskursiya bolalarda katta qiziqish uyg`otdi. Buni fotosuratlarda ko`rishingiz mumkin. Bugun biz ularni sizga taqdim etamiz!

Batafsil...https://t.me/EnergyofFuture/1391