«Rosatom» va Qirg`iziston kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish borasida ikki yoqlama hamkorlik memorandumini imzolashdi

24 yanvar 2022 / 17:32 285
Qirg`iziston energetika vaziri Doskul Bekmurzaev va «Rosatom» bosh direktori Аleksey Lixachev tomonidan imzolangan memorandum doirasida tomonlar Qirg`iziston hududida RITM-200N reaktor stansiyasi negizida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Hujjatda, shuningdek, mamlakatga atom infratuzilmasini rivojlantirishda ko`maklashish, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishning turli yo`nalishlarida ilmiy-texnikaviy kadrlar malakasini oshirish bo`yicha hamkorlikda ish olib borish ham nazarda tutilgan.

Batafsil: https://rosatom.ru/journalist/news/rosatom-i-kirgiziya-dogovorilis-o-sotrudnichestve-v-sooruzhenii-a...