22 dekabr – Energetiklar kuni!

22 dekabr – Energetiklar kuni!

22 dekabr 2021 / 19:03 305
Ma'lumki, 22 dekabr eng qisqa kunduz va eng uzun tun bo'ladigan sana. Bu sanada sayyoramizning Bosh energetigi – Quyoshdan bizga eng kam yorug'lik va issiqlik tushadi. Energiya iste'moli eng ko'p bo'ladigan ushbu kunda MDH mamlakatlarining aksariyatida energetika sohasi xodimlari kasb bayramini nishonlaydi. Xususan, Ukraina, Belarus, Qirg'iziston va Rossiya qatori O'zbekistonda ham bu sanada energetiklar kuni bayram qilinadi. Uylarimizga issiqlik va yorug'lik ulashadigan, ishlab chiqarish korxonalarida uskuna va dastgohlarini harakatga keltiradigan va umuman zamonaviy hayotning barcha-barcha sohasida asosiy o'rin tutadigan jabha, shubhasiz, energetikadir! Sana munosabati bilan O'zbekiston bo'ylab mehnat qilayotgan barcha energetika sohasi xodimlarini – montyorlar, elektriklar, teplotexnik, muhandislar, dispetcherlar, oliygohlarda ta'lim olayotgan bo'lg'usi mutaxassislar va umuman sohaga daxldor barcha-barchani chin dildan tabriklaymiz! Ishingiz bexatar, ta'minotingiz uzluksiz bo'lsin!