XАEАning bosh direktori bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi

21 sentabr 2021 / 19:44 348

XАEАning navbatdagi 65-chi sessiyasi doirasida Oʼzbekiston delegatsiyasi XАEА bosh direktori Rafael Mariano Grossi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida R.Grossi ayni vaqtda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi boʼlishiga qaramasdan 2021 yilda olib borilgan ikki tomonlama faol hamkorlikni yuqori baholadi. Oʼzbekistonda XАEА mutaxassislari ishtirokida bugungi kungacha tashkillashtirilib kelinayotgan milliy seminar va ishchi yigʼilishlar bunga yaqqol dalil boʼla oladi. 

Shu oʼrinda, Аgentlikning mutaxassislari ishtirokida Respublikaning yadroviy infratuzilmasini baholash missiyasi mamlakatlarda pandemiya davrida agentlik tomonidan oʼtkazilgan birinchi muhim tadbir boʼlganligi alohida qayd etib oʼtildi. 

Bosh direktor XАEА departamentlarining Oʼzbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlar bilan yaqindan olib borayotgan faoliyati toʼgʼrisida axborotga ega ekanligi haqida gapirib oʼtdi. 

- "Oʼzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar har doim mening diqqat eʼtiborimda. Shu sababli, agentlik bundan keyin ham Oʼzbekiston Respublikasini yadro infratuzilmasini rivojlantirish va atom texnologiyalarini joriy etishda har doim har tomonlama qoʼllab-quvvatlaydi", - dedi R. Grossi.

Аgentlik rahbari Oʼzbekiston Respublikasi atom sohasida inson salohiyatini rivojlantirish, aynan Oʼzbekistonda yadro va muhandislik fizikasi sohasida yangi oʼquv yoʼnalishlarini tashkil qilish, shuningdek, oʼzbekistonlik mutaxassislarni rivojlangan mamlakatlarda oʼzlarining bilimlari va malakalarini oshirishlarida koʼrsatayotgan koʼmagini yuqori baholadi. 

Uchrashuvda Oʼzbekistonning saraton kasalliklarini davolash dasturini rivojlantirish borasida olib borilayotgan muvaffaqiyatli hamkorlik haqida toʼxtalib oʼtildi. 

ITB (Islom Taraqqiyot Banki)ning resurslari tomonidan moliyalashtirilgan zamonaviy uskunalar XАEА koʼmagi asosida Respublikaga yetkazildi. R.Grossining taʼkidlashicha, XАEА va ITB oʼrtasidagi yangi bitim, 17 ta mamlakatda ayollarning onkologik kasalliklarini davolash va tashxis qoʼyish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. 

Shuningdek, R. Grossi ITB Oʼzbekiston Respublikasi uchun tibbiyot uskunalarini sotib olish va texnik salohiyatini oʼstirish boʼyicha loyihalarini amalga oshirish doirasida, 35 million dollar atrofida yangi kreditni jalb qilish taklifi bilan murojaat qilganini maʼlum qildi.