Nanoyo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha UniSat xalqaro loyihasi

01 noyabr 2021 / 09:52 391
Bizda ajoyib yangilik: UniSat dasturida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi!

“UniSat” dasturi Toshkent shahri va O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi qizlarning STEM ko‘nikmalarini rivojlantirish, ya’ni axborot texnologiyalari, 3D modellashtirish, nanoyo'ldoshlarni loyihalash va yig'ish bo‘yicha bilimlarni rivojlantirishda yordam beruvchi xalqaro dastur hisoblanadi. Shuningdek ushbu missiya UNICEF O‘zbekiston, Tech4impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi va «Launch Your Dreams» (ya'ni "Orzularingizni ishga tushiring") shiori ostidagi dasturdir.

UniSat dasturining ishtirokchi qizlari uchun jahonning eng ilg‘or texnologik universitetlari eshiklari ochiladi. Ular NASA professorlari va muhandislari, Rossiya Kosmik tadqiqotlar agentligi, Qozog‘iston va O‘zbekiston olimlari bilan bir jamoada bo‘ladilar. 

Dastur ishtirokchilarini 4 oylik onlayn va oflayn seminarlar, amaliy mashg’ulotlar kutmoqda. Bu vaqt mobaynida o'zbekistonlik qizlar ilm-fan, texnologiya, dasturlash, koinot olami bilimlariga ega bo'lishadi. Dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlaridan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar nanoyo‘ldoshni yig‘ishadi va uni stratosferaga uchirishadi.

UniSat- "orzularingizni ishga tushiring" STEM dasturi sizni aql bovar qilmas sayohatga taklif etadi. Yangiliklarni chetdan kuzatmang, ularni biz bilan birga yarating✊!

 Ro’yxatdan o’tish va dastur haqida batafsil ma’lumot https://unisat.uz/uz/ saytida.