Kvant kelajagi ostonasida

14 sentabr 2021 / 18:37 438
Fransiyaning "Zamonlar osha" filmi esingizdami? Film sehrli ravishda vaqtlar aro sayohat qilgan ikki o'rta asr soddadil insonlari haqida hikoya qiladi.
                                
Vaqtlar aro sayohat - uydirma emas, ya'ni buni kvant mexanikasi yordamida amalga oshirish mumkin. Bu hodisa nisbiylik nazariyasiga asoslangan. Agarda biz vakuumda taxminan 300000 km / s bo'lgan yorug'lik tezligidan oshib ketadigan tezlikka erishsak, shunda kelajakka ham, o'tmishga ham vaqtlar aro sayohat qilishimiz mumkin. 

- Nimadan boshlaymiz? 
- Albatta, kvant nima ekanligidan!

 Kvant (lotincha: quantum - "qancha") -  fizik tushuncha boʻlib, biror kattalikning boʻlinmas miqdorini bildiradi. Biror fizik kattalikning kvantlanishi deganda, ushbu kattalik bir qator aniq va diskret (diskret-uzlukli, alohida qismlardan tashkil topgan jarayon) qiymatlarni qabul qilishi tushuniladi. Shunday qilib, atomdagi elektronning energiyasi kvantlanadi, yorug'lik "miqdorlarga" ajralgan holda tarqaladi, ya'ni kvantlarga taqsimlanadi. 

Kvant mexanikasi - fizikaning bir bo'limi bo'lib, u bizning tabiiy olamimiz bilan bog'liq bo'lgan hamma narsani, shu jumladan fazo, vaqt va materiyani o'rganadi. Kvant fizikasi bizni o'rab turgan hamma narsani boshqaradi.

XX -asrning boshlarida kvant mexanikasining kashf qilinishi insoniyatga quyidagi bir qator texnologiyalarni yaratish imkonini berdi: lazerlar, zarrachalar tezlatgichlari, MRT, umuman yarimo'tkazgichli elektronika - tranzistorlar va LED (Nur chiqaruvchi diod)dan tortib kompyuterlar, mobil aloqa va internetgacha.

Kvant fizikasi odamlarning kundalik hayotini butunlay o'zgartirib yubordi. Raqamli texnologiyalar davri bu fan yutuqlariga asoslanganligi haqda juda kamdan kam odam o'ylashgan. Keyingi besh-o'n yillar ichida kvant texnologiyalarining yanada rivojlanishi, yaqin vaqtgacha faqat ilmiy fantastika jurnallari sahifalarida tasvirlangan qurilmalarning yaratilishiga olib kelishi mumkin.