"Atom elektr stansiyasi qurilishi Direksiyasi" DUK rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma axborot

25 oktabr 2021 / 12:36 324
Amanov Otabek Tulkinovich 1973 yilning 17 avgustida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1995 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini “Qurilish buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2002 yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

MЕHNAT FAOLIYATI

1990-1995 yy. - Toshkent arxitektura–qurilish instituti talabasi

1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti muhandisi

1997-2000 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti kichik ilmiy xodimi

2000-2002 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti katta ilmiy xodimi

2002-2005 yy. - “O‘zgeoburneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik jamiyati investitsiya dasturlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2005-2008 yy. - “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qurilish boshqarmasini yetakchi mutaxassisi

2008-2008 yy. - “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qurilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi

2008-2010 yy. - “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi prognoz qilish, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi

2010-2012 yy. - “Lukoyl O‘zbekistan Opereyting Kompani” ma’suliyati cheklangan jamiyati rejalashtirish va ma’muriy boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

2012-2017 yy. - “Lukoyl O‘zbekistan Opereyting Kompani” ma’suliyati cheklangan jamiyati kapital qurilish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari xizmati bosh mutaxassisi, menejeri

2017-2019 yy. - “O‘ztransgaz” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

2019 yil 13 fevraldan Atom energetikasini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Atom elektrostansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.