Atom energetikasini rivojlantirish agentligi huzuridagi "Atom elektr stansiyasi qurilishi Direksiyasi" DUK

07 may 2021 / 14:52 488
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 102-sonli "Аtom energetikasi sohasida loyihalashtirish va qurilish ishlari samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaroriga binoan "Аtom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi" davlat unitar korxonasi (keyingi oʼrinlarda АES qurilishi Direksiyasi) "Oʼzatom" agentligi huzurida tashkil etilgan va foydalanuvchi tashkilot vakolatiga ega boʼlgan holda, Oʼzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasi qurilishi obʼektlari boʼyicha yagona buyurtmachi hisoblanadi.
АES qurilishi Direksiyasining asosiy vazifalari va uning faoliyatidan koʼzlangan asosiy maqsadlar:

1.     Atom elektr stansiyasini joylashtirish uchun maydonni tanlash boʼyicha muhandislik-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish (vazifani amalga oshirish doirasida 2019 yil 16 mayda "Аtomstroyeksport" АJ bilan Oʼzbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish uchun atom elektr stansiyasi qurilishi maydonchasida muhandislik-qidiruv ishlarini oʼtkazish boʼyicha №UZB_SSTD_20190516-sonli Shartnoma tuzilgan va quyidagi yoʼnalishlarda ishlar olib borilmoqda:

  • muhandislik-geodeziya qidiruv ishlari;

  • muhandislik-geologiya qidiruv ishlari;

  • seysmotektonik va seysmologik kuzatuvlar;

  • muhandislik-gidrometeorologiya qidiruv ishlari;

  • muhandislik-ekologiya qidiruv ishlari;

  • tabiatning tashqi texnogen taʼsirini hisobga olgan holda muhandislik qidiruv ishlari;

  • mahalliy va yer qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash bilan bogʼliq qidiruv ishlari);

2.     Atom elektr stansiya qurilishi boʼyicha bosh shartnomani kelishish va ishlab chiqishda ishtirok etish hamda atom elektr stansiyasining faoliyati davrida navbatdagi shartnomalarni, shuningdek, tashqi infratuzilmasining qurilishi boʼyicha shartnomalarni imzolash;

3.     Atom elektr stansiyasi va uning tashqi infratuzilmasi obʼektlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va vakolatli organlarda ekspertizadan oʼtkazilishini kelishishni tashkil etish;

4.     “Oʼzatom” agentligi bilan kelishgan holda atom elektr stansiyasi va uning tashqi infratuzilmasi obʼektlarining qurilish-montaj ishlarini va boshqa ishlarlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishni kelishish;

5.     Oʼzbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini va uning tashqi infratuzilmalari loyihasi doirasida uskunalar, ishlar va xizmatlarni sotib olish uchun texnik vazifalar va hujjatlarni ishlab chiqish;

6.     Texnologik sxemalar, xavfsizlik tizimlari, jismoniy himoya, asosiy va yordamchi uskunalarni tanlash boʼyicha takliflarni oʼrganish, tahlil qilish va tayyorlash jarayonida ishtirok etish;

7.     Loyihani amalga oshirish doirasida yadro texnologiyalari, geodeziya, geologiya-qidiruv, seysmotektonik va ekologik yoʼnalishlarda bajariladigan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish;

8.     Atom energiyasidan foydalanish, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar bilan ishlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok yetish;

9.     Loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy maslahatchilar bilan ishlarni muvofiqlashtirish.