«O'zatom» agentligida MAGATE INIR- missiyasi mutaxassislari bilan videokonferentsiya aloqa muloqoti bo'lib o'tmoqda

«O'zatom» agentligida MAGATE INIR- missiyasi mutaxassislari bilan videokonferentsiya aloqa muloqoti bo'lib o'tmoqda

10 noyabr 2020 / 00:16 483
Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan o'zaro o'rnatilayotgan hamkorlik bu birinchi o'rinda, atom energetikasi rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasini o'rganish va tadbiq qilishdan iboratdir. Bu kabi o'rganishlarda MAGATEning keng imkoniyatlaridan foydalanib 2021 yilning birinchi yarim yilligida O'zbekiston Respublikasining yadro infratuzulmasini o'rganish bo'yicha MAGATE INIR-missiyasi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu missiyaga oid hisobot MAGATEga kiritilgan bo'lib, ushbu hisobot MAGATE ekspertlari tomonidan ko'rib chiqildi va tegishli taklif va mulohazalar berildi. O'zbekiston Respublikasi nomidan kiritilgan o'z-o'zini baholash hisobotini muhokama qilish va tegishli takliflarni berish maqsadaida MAGATE bilan kelishuvlarga asosan 9-12 noyabr kunlari INIR-oldi missiyasi (pre-INIR mission) videokonferents aloqa tarzida o'tkazilmoqda. Ushbu missiyada Respublikamizning 20 dan ortiq vazirlik va idoralaridan 40 dan ortiq mutahassislar qatnashmoqdalar.
Ushbu uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining MAGATEga kiritgan hisoboti har yoqlama o'rganilib, mutahassislar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilinmoqda. O'zaro fikr almashinuvi ruhida kechayotgan ushbu uchrashuvda O'zbekiston yadro xavfsizligini ta'minlash bo'yicha MAGATEning barcha tavsiyalari va talablariga rioya qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Video konferents aloqa davom etmoqda.
Ma'lumot uchun: INIR-yadro energetikasini joriy etish maqsadida a'zo mamlakatlarga ularning milliy infratuzilma holatini baholash bo'yicha yordam berish uchun har yoqlama o'tkaziladigan mustaqil ekspertiza o'tkazadi. Ekspertiza har tomonlama havfsiz, mustahkam va ishonchli yadro-energetikasi dasturini ishlab chiqish uchun kerak bo'lgan barcha infratuzilmalarni qamrab oladi. INIR missiyasini qabul qilishdan avval mamlakat yadro-energetika infratuzilmasi bo'yicha 19 ta savol yuzasidan o'z-o'zini baholashni o'tkazishi kerak. Ushbu 19 ta savol MAGATEning “Milestones” (“Asosiy bosqichlar”) hujjatida kiritilgan bo'lib u mamlakatni va tashkilotni yadro energetikasini tadbiq etish bo'yicha muttasil ishini tashkillashtirishga yo'naltiradigan metodolgiyadir. INIR yadro energiyasi havfsizligi, ishonchliligi va mustahkamligi uchun kerak bo'lgan infratuzilmaning ma'suliyatli va tartibli amalga oshirilishida juda muhim instument hisoblanadi.
“O'zatom” agentligi axborot xizmati