"Xalq so'zi" gazetasining rasmiy saytida e'lon qilingan "Jo'rabek Mirzamahmudov “O'zatom” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi" maqolasiga raddiya.

05 noyabr 2020 / 00:11 508
"Xalq so'zi" gazetasining rasmiy saytida e'lon qilingan "Jo'rabek Mirzamahmudov “O'zatom” agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi" maqolasiga raddiya.
Bugun «Xalq so'zi» gazetasining rasmiy sayti va bir qancha rasmiy axborot kanallarida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo'rabek Mirzamahmudovning “O'zatom” agentligi direktori lavozimidan ozod qilingani to'g'risida yanglish va bir tomonlama ma'lumotlar tarqatildi.
Ta'kidlash joizki, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4876 sonli qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o'rinbosari - “O'zatom”agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etilgan. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4142- son qarori 2-bandiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi PQ-4875 sonli qarori bilan “Vazirning birinchi o'rinbosari - “O'zatom”agentligi bosh direktori blokidan ”O'zatom”agentligi bosh direktori so'zlari chiqarib tashlangani bilan bog'liq. J.Mirzamahmudov “O'zatom” agentligining bosh direktori va “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi lavozimlarida o'z faoliyatini davom ettirayotganini ma'lum qilamiz. “O'zatom” agentligi matbuot xizmati