Yadro energetikasi – taraqqiyot uchun muhim kafolat

Yadro energetikasi – taraqqiyot uchun muhim kafolat

10 sentabr 2020 / 23:50 859
Ushbu tadbirda Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik bosh direktori (MAGATE) Rafael Mariano Grossi, Butunjahon yadro assotsiatsiyasi bosh direktori Agneta Rizing, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi bo'limi direktori Skott Foster, Polsha Respublikasining atrof-muhit vaziri Mixal Kurtyaka, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Yadro energetikasi agentligining bosh direktori Uilyam Magvud, , O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o'rinbosari, “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Mirzamahmudovlar ishtirok etishdi. Forumning barcha ishtirokchilari atom energetikasini ko'llab-kuvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shuningdek, pandemiyadan keyingi tiklanishda yadro texnologiyasining o'rni kanchalik muhim ekanligini aytib o'tdilar.
Bugungi kunda bizda yadro texnologiyalari amalga oshirishi mumkin bo'lgan beqiyos ishlarni bajarishga qodir boshqa energiya manbalari mavjud emas. Atom texnologiyalari juda katta miqdorda uglerodsiz elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyatiga ega, - deya ta'kidladi Atom energetikasi agentligi bosh direktori Uilyam Magvud. Forumda so'z olgan MAGATE rahbari Rafael Mariano Grossi: MAGATE -sinovli koronavirus sharoitida o'z faoliyatini olib borayotgani, shu bilan birgalikda, pandemiyaning birinchi bosqichida butun jahon miqyosida o'z tadqiqotlarini o'tkazayotgani va ushbu ilmiy izlanishlar asosida barcha yadro qurilmalari hech qanday muammolarsiz ishlayotgani to'g'risida to'xtaldi.
"Atom energetikasi to'g'risida so'z yuritganda, u nafaqat ekologik toza energiyaga ulkan hissa qo'shayotgani balki, uning barqarorligini ta'minlayotgani, normativ tavsiyalarni takomillashtirish asosida iqtisodni
rag'batlantirish zaruriyatiga ham to'xtalib o'tishimiz zarur”,- dedi xalqaro tashkilot rahbari. Rafael Mariano Grossining fikriga ko'ra, etarli energiya bazasi mavjud bo'lganda, atom energetikasi iqtisodiy rivojlanishga ijobiy hissa qo'shishi mumkin.
Onlayn forum ishtirokchilar tomonidan kelajak avlod uchun chiqindisiz va toza energiya ta'minoti masalalari, atom energetikasining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o'sishi va aholi farovonligidagi o'rniga alohida to'xtalib o'tildi. Ushbu yuqori darajadagi tadbirda xalqaro energetika tashkilotlarining rahbarlari va etakchi mutaxassislari o'zaro fikr almashgan holda, yadro energetikasi bo'yicha jahon mamlakatlari duch kelayotgan asosiy muammolarga qanday echim topish mumkinligi to'g'risida to'xtaldilar. Xususan, butun dunyoda katta muammoga aylanib ulgurgan COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va yangi ish o'rinlarini yaratish kabi masalalar ham muhokama etildi.
Yadroviy tarmoqlarni mustahkamlash, iqtisodni tiklash rejalari, yadro energiyasini old rejalar qatoriga o'tkazish masalalari borasida yuqori darajada muzokaralar va fikrlar almashinuvi 10-11 sentyabr kunlari onlayn formatda davom etadi. Ushbu mavzular Sizni qiziqtirsa ushbu havola orqali barcha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.