«Tashkent vokrug» telegram kanalidagi xabarga rasmiy munosabat

23 avgust 2020 / 23:43 519
«Tashkent vokrug» telegram kanalidagi xabarga rasmiy munosabat
Bugun «Tashkent vokrug» telegram kanalida Mersedes rusumli RAA 303 davlat raqamli avtomobil yo'l harakati qoidalarini buzib, binoning oldidagi odamlar o'tish yo'lakchasi (trotuar)da turgani, u go'yoki avtomobil haydovchisi so'zlariga ko'ra, “O'zatom” agentligi direktoriga tegishli ekanligi, aniq ma'lumotlar esa yana tekshirilayotgani haqidagi noto'g'ri xabar tarqatildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, ushbu ma'lumot haqiqatga mutlaqo zid va asoslanmagan bo'lib, agentlik bosh direktorining xizmat avtomobili rusumi MALIBUdir va suratdagi mashina “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga tegishlidir.
Darhaqiqat, xabarda qayd etilganidek, barcha qonun va tartiblar oddiy odamdan tortib, davlat xodimlariga ham birdek taalluqli ekanini tasdiqlagan holda, mazkur kanalning o'zi ham ushbu qat'iy tamoyilga to'liq amal qilib, xolis va to'g'ri axborot tarqatsa, har bir ma'lumotning to'g'riligini tekshirib, so'ng e'lon qilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.