"ЎЗАТОМ" АГЕНТЛИГИНИНГ РАСМИЙ ХАБАРНОМАСИ

20 yanvar 2020 / 20:55 472
"O`zatom" agentligining rasmiy xabarnomasi

2020 yilning 18 yanvarida Toshkent shahardagi Vestminster xalqaro universitetida "O`zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Energetika vazirligi va "O`zatom" agentligi vakillari o`z ma`ruzalari  bilan ishtirok etadi.
 Shu bilan birga ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yadroviy texnologiyalarning xavfsizligi masalalari to`g`risidagi prezentatsiyaning konteksti ostidan chiqarib olib noto`g`ri talqin qilish va tarqatish holatlari kuzatilmoqda.
Xususan, Chernobil AESi yon-atrofidagi tark etish zonasi misolida radiatsiya va nurlanishning turli genetik mutatsiyalarga hamda tabiatga salbiy ta`siri to`g`risidagi slayd noto`g`ri talqin qilinmoqda va tarqatilmoqda.
Shu sababli, ma`ruzachi o`z chiqishida nimalarni aytib o`tganini tushuntiramiz:
  "Hozirgi kunda atom energetikasi va yadroviy texnologiyalardan foydlanish sohasi atrofida haqiqatda zid ko`plab afsonalar tarqalgan. Shunday afsonalardan biri radiatsiyaning ta`siri natijasida naslda genetik o`zgarishlar hosil bo`lishidir. Tarixda katta miqdordagi radiatsiyaning aholiga va tabiatga ta`siri holatlari bolib o`tgan. Masalan, Chernobil o`rmonlarida ikki kallali hayvonlar yoki mutantlar yashashi tog`risida afsona mavjud. Yoki Yaponiyada Xirosima va Nagasaki shaharlari bombardimon qilinganidan so`ng genetik o`zgarishlar bilan bolalar yug`ilayotgani haqida afsona mavjud. Keyingi slaydlardan ko`rinib turibdiki, Chernobil AESi tark etish zonasida hozirda odamlar yashamaydilar, u yerda hech qanday xo`jalik faoliyati amalga oshirilmaydi va shu sababli tabiat gullab yashnamoqda. Rasmlardan ko`rinib turibdiki u yerda hech qanday ikki kallali hayvonlar yashamaydi/ Shuningdek, keyingi rasmda Yaponiyadagi bombardimonlardan so`ng yuqorib dozadagi nurlanishni olganota-onalardan tug`ilgan farzandlarni ko`rish mumkin va hech qanday genetik o`zgarishlar mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin."
Ushbu afsonalarning talqinidan tashqari, tadbirda atom elektr stantsiyasining afzalliklari va zamonaviy yadroviy texnologiyalarning xavfsizlik darajasi to`g`risida atroflicha ma`lumot berildi