Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish

28 dekabr 2020 / 00:00 676

Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi faoliyatining asosiy maqsadlari:
-atom energetikasi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Boshqarmaning asosiy vazifalari:
-Atom energiyasining global xavfsizligi manfaatlarida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni ta`minlash;
-qo`shni davlatlar bilan o`zaro munosabatlarni ta`minlash milliy atom energiyasi dasturi manfaatlarini ilgari surish;
-agentlik tomonidan xalqaro shartnomalar doirasida O`zbekiston Respublikasining huquqlari va majburiyatlari bajarilishini ta`minlash.
-atom energiyasini rivojlantirish loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Boshqarmaning funktsiyalari:
Belgilangan vazifalarga muvofiq, idora mustaqil ravishda yoki qutidagi tashkilotlarning ishtirokida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
-O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar elchixonalari bilan o`zaro hamkorlik qilish;
-atom energiyasi bo`yicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
-agentlikning atom dasturini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha xalqaro dasturlarda AXEA yo`nalishi bo`yicha va boshqa xalqaro tashkilotlar orqali ishtirok etishi bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;
-ikki yoqlama texnologiyalarni tarqatmaslik borasidagi xalqaro shartnomalarni bajarish boyicha faoliyat olib borish;
-atom komissiyasining joriy faoliyatida ishtirokini ta`minlash;
-O`zbekiston Respublikasining atom energiyasini rivojlantirish loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jab qilish bo`yicha tadbirlar;
-manfaatdor bo`linmalar bilan birgalikda atom energetikasini rivojlantirish bo`yicha investitsiya loyihalarini portfelini boshqarish;
-xorijiy va davlatlararo moliya institutlari, rivojlanish banklari, investitsiya fondlari bilan o`zaro aloqalar va h.k.
-idora faoliyatini rejalashtirish, mavjudlarini muvofiqlashtirish boshqaruv va istiqbolli rejalar bilan ishlash, monitoring o`tkazish;
-tezkor, statistik hisobni yuritish, o`z vaqtida boshqarma faoliyatining ko`rsatkichlarinining taqqoslanishini ta`minlash.