Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash boshqarmasi

05 yanvar 2021 / 00:00 23

Ilm-fan, innovatsiyalar va kadrlar tayyorlash boshqarmasining asosiy maqsad va vazifalari

Boshqarma faoliyatining asosiy maqsadi milliy atom energetikasi sanoatining innovatsion rivojlanishini ilmiy qo'llab-quvvatlash va buning uchun malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

Boshqarmaning asosiy vazifalari:

mamlakat atom energetikasi dasturini innovatsion rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi ilmiy muassasalarining keng ishtirokini tashkil etish;

O'zbekiston Respublikasining atom energetikasi ehtiyojlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;

ekspluatatsion kadrlarni tayyorlash bo'yicha ekspluatatsion tashkilotning javobgarligi bo'lgan "AES qurilishi bo'yicha direktsiya"ga bo'ysunuvchi tashkilot jarayonlarini boshqarish.
Boshqarma funksiyalari

  • Belgilangan vazifalarga muvofiq, Boshqarma mustaqil ravishda yoki maslahatchilar va / yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  • Mamlakatning atom energetikasi dasturini innovatsion rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi ilmiy muassasalarining keng ishtirokini tashkil etish qismi bo’yicha:

  • atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish, fundamental ilmiy loyihalarni, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini va ilg'or texnologiyalarni joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • yadroviy qurilmalarni rivojlantirish va xavfsiz ishlashini ilmiy jihatdan ta'minlash;

  • boshqa davlatlarning tashkilotlari bilan shartnomalar va bitimlar tuzish orqali ilmiy bilimlarni almashish sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • ekspluatatsion tashkilot bilan birgalikda atom elektr stantsiyasini qurish paytida xavfsizlik jihatlarini baholash va tahlil qilish uchun zarur bo'lgan chuqur bilim sohalarini aniqlash;

  • atom ilm-fani va yadro texnologiyalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishini ta'minlash;

  • yadro ilm-fanini ta'lim va ishlab chiqarish bilan birlashtirish mexanizmlarini kuchaytirish va rivojlantirish;

  • respublika atom sanoatining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini, davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish;

  • Agentlik buyurtmasi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ilmiy tashkilotlar va olimlar bilan shartnomalar tuzishni tashkil etish;

  • jahon va mahalliy atom ilm-fani yutuqlarini o'rganish va tahlil qilish, ulardan O'zbekiston Respublikasi manfaatlari yo'lida foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • mahalliy yadro fanini, ilmiy bilimlarni, yadro texnologiyasi sohasida ilm-fan va texnika yutuqlarini ommalashtirish va targ'ib qilishda ishtirok etish;

  • O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, ilmiy tashkilotlarni o'z ichiga olgan boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikning turli shakllarini o'rnatilishini ta'minlash;

  • fanlar akademiyalari, xorijiy mamlakatlarning tadqiqot tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro ilmiy forumlar va konferensiyalarni tashkil etish va o'tkazishda ishtirok etish;

  • vakolat mezonlarini aniqlash, loyihani ilmiy qo’llab-quvvatlovchi tashkilotni tanlash va tayinlash (bosh ilmiy tashkilot).

  • O'zbekiston Respublikasining atom energiyasi ehtiyojlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish qismi bo’yicha:

  • yetakchi milliy va xorijiy ta'lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

  • respublika muassasalarining moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy salohiyatidan foydalangan holda yuqori malakali kadrlar (DSc fanlari doktorlari va falsafa doktorlari PhD) tayyorlashda ishtirok etish;

  • ilg'or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikaning atom energiyasi uchun oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • o'quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent shahar filialidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, uning ta'lim darajasi va mazmuni, davlat ta'lim standartlari talablariga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo'yiladigan boshqa talablarga javob berishini ta'minlash;

  • "O'zatom" agentligi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning oliy o'quv yurtlari tomonidan ta'lim xizmatlariga bo'lgan talabini o'rganish va ehtiyojini qondirishni ta'minlash;

  • masofaviy o'qitish, yangi pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'z ichiga olgan ta'lim jarayonida ilg'or ta'lim shakllarini amalga oshirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • respublika atom energetikasi uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari uchun yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish Konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o'quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish, tarjima qilish va nashr etishni tashkil etish;

  • atom energetikasi sohasidagi professor-o'qituvchilar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;

  • oliy o'quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish va tadqiqot natijalarini amaliyotga keng tatbiq etish, respublikaning atom energetikasida oliy ta'lim tizimi, fan va ishlab chiqarishning o'zaro bog’liqligini ta'minlash;

  • kadrlar tayyorlash bo'yicha idoraviy ilmiy va o'quv markazlarini, o'zini o'zi ta'minlovchi maslahat va axborot markazlarini yaratish;

  • davlat organlariga atom energetikasi xavfsizligi sohasida xodimlarning malakasini oshirishda yordam berish.

Ekspluatatsion tashkilot zimmasiga yuklatilgan "Atom elektr stantsiyasini qurilishi bo'yicha direktsiya" tashkilotining jarayonlarini boshqarish, atom elektr stantsiyalari uchun ekspluatatsion kadrlarni tayyorlash qismi bo'yicha:

  • o'quv rejalari va kurslarida atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik madaniyatiga sodiqlikni joriy etish;

  • atom elektr stansiyasi uchun ekspluatatsion kadrlarni tayyorlash bo'yicha kompleks strategiyani amalga oshirishni kelishish va muvofiqlashtirish;

  • ekspluatatsion tashkilot xodimlarini jalb qilish va ularning malakasini oshirish bo'yicha yillik rejalarni tasdiqlash;

  • ekspluatatsion tashkilot huzurida atom energetikasi bo'yicha o'quv-tayyorgarlik bazasini yaratishda ishtirok etish;

  • ekspluatatsion tashkilotning malakali ekspluatatsiya qiluvchi personallarini saqlash strategiyasini amalga oshirilishini kelishish va muvofiqlashtirish;

  • ekspluatatsion tashkilot rahbarlari va yadro xavfsizligi bo'yicha mutaxassislarning yadro xavfsizligi tamoyillari va mezonlarini tushunishini ta'minlash;

  • ekspluatatsiya tashkilotining xodimlarini texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha javobgarlikka muvofiq tuzilmalar, tizimlar va tarkibiy qismlarning sifatini tekshirish qobiliyatiga tayyorlashni tashkil etish;

  • litsenziyalash jarayonini o'z darajasida boshqarish va ekspluatatsion jarayonlari va boshqaruv dasturlarini ishlab chiqish uchun ekspluatatsion tashkilot xodimlarini o'qitish.