Ob'ektlarni qurish va loyihalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi

28 dekabr 2020 / 00:00 626

Boshqarmaning asosiy maqsad va vazifalari

Boshqarmaning asosiy maqsadi aniq shartnoma shartlari va o`zining vakolati doirasida ajratiladigan moliyalashtirsh diorasida atom elektr stantsiyasini qurishda mos keluvchi maydonlarni tanlash uni muvofaqqiyatli loyihalashtirish va AESning tashqi infratuzilmasi ob`ektlarini kerakli xavfsizlik, sifat va atrof-muhitni himoyalash jihatidan loyihalashtirishdan iborat.

Boshqarmaning asosiy vazifalari:
-Qonunchilik doirasida loyihalarni amalga oshirishda, rejalashtirish va mahsulotlarga, xizmatlarga ishga va yetkazib beruvchilarga, yetkazib beruvchilarni tanlashga, shartnomalar va kontraktlar tuzishga quyilgan talablar jarayonlarini boshqarish;
-amalga oshirilayotgan loyihalar bo`yicha imzolangan shartnomalar doirasida va o`z vakolatidan kelib chiqqan holda "O`zatom" agentligi va unga bo`ysunuvchi tashkilotlarning majburiyatlarini ta`minlab borish;
-atom energetikasini tinchlik yo`lida ishlatish bo`yicha davlat siyosatining istiqbolli yo`nalishlari bo`yicha takliflar tayyorlash va ishtirok etish;
-O`zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
-O`zbekiston Respublikasi hududida atom energetikasi inshootlarini qurishbo`yicha investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirish va ishtirok etish;
-Loyihalarni qurish va boshqarish bo`yicha agentlikning boshqa tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi boshqarmalar bilan hamkorlikda normativ hujjatlar va normativ-huquqiy aktlar ishlab chiqishda ishtirok etish;
-atom energetikasini rivojlantirish bo`yicha boshqa ob`ektlar va AES ob`ektida qurilish ishlarini tashkillashtirsh va boshqarish;
-O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarininig ijrosini ta`minlash;
-Ishlab chiquvchi va ijtimoiy maqomdagi ob`ektlarini o`z vaqtida ekspluatatsiyaga kiritish, kiritilgan kapitallarning o`z joyida ishlatilishini monitoringini ta`minlash.