Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktorining o`rinbosari

Bosh direktor o‘rinbosari
Tashmetov Farruh Farxadovich

Telefon raqami:
+ (998) 71 202 09 27

Ma’lumoti:
Oliy

МЕHNAT FAOLIYATI

2004-2008 yy. - G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi talabasi

2007-2008 yy. – “O‘zbekkimyomash zavodi" ochiq aktsiyadorlik jamiyati moliya-iqtisod boshqarmasi iqtisodchi-texnigi, iqtisodchi-muhanadisi

2008-2009 yy. - “O‘zbekkimyomash zavodi" ochiq aktsiyadorlik jamiyati kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha muhandisi 

2008-2010 yy. - G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi magistranti

2009-2010 yy. – “Тoshekspertiza” MChJ mutaxassisi

2010-2011 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi iste`mol tovarlari ishlab chiqarish va bozorlarni ta`minlash yig‘ma bo‘limi 1-toifali mutaxassisi 

2011-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi kadrlar va mahsus bo‘lim yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassis 

2014-2015 yy. – “Navoiyazot” аktsiyadorlik jamiyati investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo`limi boshlig‘i o‘rinbosari 

2015-2015 yy. – “O‘zkimyosanoat” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi investitsiyalr departamenti investitsiyalarni jalb erish bo‘limi boshlig‘i v.b

2015-2016 yy. – “O‘zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘limi boshlig‘i

2016-2017 yy. – “O‘zkimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirsh boshqarmasi boshlig‘i v.b. 

2017-2018 yy. – “Enter Engineering” kompaniyasi “Navoiyazot” Aj ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi rahbari o`rinbosari

2018-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huziridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi ob’ektlarni qurish loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i  

11.2019y.- h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari 


Аtom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rinbosariga yuklatilgan vazifalar

-tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini bevosita boshqarish, ushbu bo‘linmalarga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni tashkil etish;

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy tadbirlarni amalga oshirish;

-buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun tarkibiy bo`linmalar xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilish;

 -"O‘zatom" agentligi qarorlari, Bosh direktorning buyruqlari va ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

-tarkibiy bo‘linmalarning choraklik ish rejalarini ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun taqdim etish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.

-kadrlarni tanlash va "O‘zatom" agentligining tarkibiy bo‘linmalariga joylashtirish bo‘yicha direktorga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, malakasi, amaliy tajribasi, yuqori ishbilarmonlik va ahloqiy fazilatlarining kafolatlanishini ta’minlash, ularni kasbiy malakasini oshirish choralarini ko`rish, tarkibiy bo`linmalarda kadrlar zahirasini shaklantirish;

  -Vazirlar Mahkamasi reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni to‘grisidagi Nizom talablariga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tarkibiy bo‘linmalari tomonidan yuqori sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni ko‘rib chiqish uchun "O‘zatom" agentligi rahbariyati tomonidan imzolanishi(tasdiqlanishi), ularning qat’iy belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash. 

-o‘z vakolati doirasida "O‘zatom" agentligiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularniing moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan o‘tkazish;

- tizimli ravishda "O‘zatom" agentligining tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining faoliyati va samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yig‘lishlarda tinglash, natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.